
Nissan kompaniyasi o‘zining to‘rtinchi avlod Elgrand minivenini namoyish etdi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lum qildi.

Yangi model Timeless Japanese Futurism uslubida yaratilgan bo‘lib, futuristik dizayn, ilg‘or texnologiyalar va hashamatli salon bilan ajralib turadi. Yangi Elgrand 2026-yil yozida sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.


Avtomobil piksel ko‘rinishidagi radiator panjarasi, LED yoritgichlar va qora-rangli panellar uyg‘unligi bilan zamonaviy ko‘rinishga ega. Salon esa 14,3 dyuymli ikkita displey, Bose’ning 22 dinamikli audio tizimi va elektr boshqaruvli kapitan o‘rindiqlari bilan jihozlangan.



Texnik jihatdan yangi Elgrand 1,5 litrli turbomotor va elektromotordan iborat e-POWER gibrid tizimi, shuningdek, yangilangan e-4ORCE to‘liq g‘ildirakdan tortish tizimi bilan ta’minlangan. Modelda ProPILOT 2.0 tizimi ham mavjud bo‘lib, u avtonom boshqaruv imkonini beradi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lexus kompaniyasi uchta yangi LS konseptlarini taqdim etgan edi.