O‘zbekiston fuqarolari endilikda oltin va kumushni onlayn sotib olishi mumkin

eʼlon qilindi
Barcha operatsiyalar bank tizimlari orqali tasdiqlanadi
O‘zbekiston fuqarolari endilikda oltin va kumushni onlayn sotib olishi mumkin / Foto: Mercury Gold

Adliya vazirligi «Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ni tasdiqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar o‘lchovli oltin quymalarni hamda oltin va kumushning raqamli ko‘rinishini banklarning mobil ilovalari orqali sotib olishi yoki sotishi mumkin. Bunda bank filialiga borish talab etilmaydi — barcha operatsiyalar onlayn, real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

Banklar o‘lchovli oltin quymalarni Markaziy bankdan oldi-sotdi shartnomasi asosida xarid qilib, ularni o‘z narx siyosati bo‘yicha sotishi mumkin. Narxlar London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining kundalik fiksingi asosida belgilanadi.

Yangi tartibda barcha operatsiyalar bank tizimlari orqali tasdiqlanadi, narxlar esa banklarning rasmiy saytlari va mobil ilovalarida yangilanib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligi radioaktiv chiqindilar bilan muomala talablari ro‘yxatdan o‘tkazgan edi.

Shuningdek