O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi investitsion bitim tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Mazkur shartnomani amalga oshirish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakolatli organ etib belgilandi
Hokim o‘rinbosarlari soni olti nafardan to‘rt nafarga qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi investitsion bitim tasdiqlandi / Foto: Ochiq manbadan

O‘zbekiston va Italiya hukumatlari o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha imzolangan xalqaro bitim tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ushbu bitim 2025-yil 29-may kuni Samarqandda imzolangan. Joriy yilning 31-oktabridagi prezident qarori bilan esa bitim rasman tasdiqlandi. Mazkur shartnomani amalga oshirish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar bitim kuchga kirgandan so‘ng uning qoidalarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha nazorat olib boradi.

Avvalroq O‘zbekistonga investitsiyalar so‘nggi besh yilda 2,8 baravarga oshgani xabar qilingandi. 2025-yil yanvar – sentabr oylarida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun jami 443,6 trillion so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar yo‘naltirilgan. Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,2 foizga ko‘p bo‘lib, so‘nggi besh yilda investitsiyalar hajmi 2,8 baravar oshgan.

Shuningdek