
7–9-noyabr kunlari Toshkentda, 12-noyabr kuni esa Termizda Yevropa kinofestivalining o‘ninchi yubileyi o‘tkaziladi.
Festival dasturida Yevropaning 12 davlatidan 12 film namoyish etiladi. Filmlar hayot, tanlov, tuyg‘ular, insoniy qadriyatlar va o‘z yo‘lini topish haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari, Ispaniyaning Aire Nuevo Danza guruhining raqs chiqishlari va «Pokoleniya» mavzusidagi qisqa metrajli filmlar ham ko‘rsatiladi.
Namoyishlar bepul bo‘ladi va filmlar original tilda o‘zbek yoki rus subtitrlari bilan taqdim etiladi.
Toshkent — Milliy kino san’ati saroyida 7-noyabr kuni:
- 11:00 — Jonja (Germaniya);
- 14:00 — Amadeo (Portugaliya);
- 18:00 — Roza of Smyrna (Gretsiya).
8-noyabr:
- 11:00 — Four Souls of Coyote (Vengriya);
- 14:00 — Chasing Unicorns (Estoniya);
- 18:00 — Divertimento (Fransiya).
9-noyabr:
11:00 — My Last Year as a Loser (Sloveniya);
14:00 — And the King Said, What a Fantastic Machine (Shvetsiya);
18:00 — Carmen (Malta).
Termiz — 12-noyabr:
11:00 — Dekadentas №2419 (Litva);
14:00 — Gipsy Queen (Avstriya);
18:00 — Divertimento (Fransiya).
Festival Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Yevroittifoq davlatlari elchixonalari va Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan.