O‘zbekistonda YTH oqibatida 9 oy ichida 1,3 ming kishi halok bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,8 foizga kam
                    
                            
O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida jami 5 895 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 3,8 foizga kamaygan. Shu bilan birga, avariyalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 368 nafardan 1 303 nafarga tushgan, ya’ni 4,8 foizga kamayish kuzatilgan.
Piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni ham qisqargan 2 855 tadan 2 689 tagacha, bu esa 5,8 foizlik pasayishni anglatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda «Gelik» tez yordam mashinasi bilan to‘qnashgani haqida xabar bergan edi.