Ozuqabop ekinlarni sug‘orish uchun elektr xarajatining yarmi davlat tomonidan qoplanadi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-yanvardan boshlab
Yer maydoni
Ozuqabop ekinlarni sug‘orish uchun elektr xarajatining yarmi davlat tomonidan qoplanadi / Foto: Organika.az

Prezidentning «Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, tijorat banklari ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda, yillik 12 foiz stavkada, 12 oygacha muddatga imtiyozli kreditlar ajratadi.

2025-yil 1-noyabrdan 2030-yil 31-dekabrgacha tadbirkorlarga kredit foiz xarajatlarini qoplash bo‘yicha kompensatsiyalar beriladi. Milliy valyutadagi kreditlar uchun asosiy stavkadan 4 foizdan 10 foizgacha, xorijiy valyutadagi kreditlar uchun esa 4 foizgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

2026-yil 1-yanvardan ozuqabop va moyli ekinlar yetishtiruvchilarning sug‘orishdagi elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligi «Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ni tasdiqlagan edi.

Shuningdek