
Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3 – 4-noyabr kunlari Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida qatnashadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sammitda ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish, Barqaror rivojlanish maqsadlarini 2030-yilgacha amalga oshirishni jadallashtirish, ijtimoiy adolat va inklyuzivlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar o‘rtasida konstruktiv muloqot uchun muhim platforma bo‘lib, qashshoqlikka barham berish, samarali bandlikni ta’minlash va ijtimoiy integratsiyani kengaytirishga qaratilgan.
Sammit yakunida Doha deklaratsiyasi qabul qilinib, ijtimoiy taraqqiyot yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Finlyandiya hamkorligini kengaytirish bo‘yicha bayonot imzolagan edi.