Yangiliklar

Qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Senat ushbu Qonunni ma’qulladi
Qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi
Qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi. Foto: Depositphotos

Oliy Majlis Senati qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilishini ma’qulladi. Bu haqda Yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yig‘im qurilish oynalaridan foydalanish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplash uchun joriy qilinadi. Bu o‘zgarishlar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunlarga kiritilmoqda. Yangi tartib atrof-muhitni himoya qilish, ekologik xavfsizlikni kuchaytirish va odamlar sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan.

Shuningdek, ayrim qonunlarga Milliy statistika qo‘mitasining nomi va huquqiy maqomi o‘zgartirilishi bo‘yicha ham tuzatishlar kiritiladi. Bu rasmiy statistikani yanada ochiq, qulay va samarali boshqarishni ta’minlashga yordam beradi.

Avvalroq Golden House’ga qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgani xabar qilingandi. Mazkur qaror ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Tanqid uchun jarima undirilishi qonuniymi?» degan murojaatdan keyin qabul qilindi. Unda iste’molchi o‘z tashabbusi bilan shartnomani bekor qilsa yoki kompaniya faoliyatidan norozi bo‘lib murojaat qilsa, qurilish tashkiloti shartnoma qiymatining 10 foizini jarima sifatida ushlab qolishi haqida so‘z yuritilgan.