Quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 153 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Yanvar – sentabr oylarida 35 284 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun jami 153 mlrd 643 mln so‘m subsidiya oldi.
Eng katta to‘lovlar Xorazm viloyati (42,6 mlrd so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (22,4 mlrd so‘m) va Buxoro viloyatiga (15,3 mlrd so‘m) to‘g‘ri keldi. Fuqarolar subsidiya mablag‘ini «Soliq» mobil ilovasidagi «Keshbek va imtiyozlar» bo‘limi orqali bank kartasiga o‘tkazib olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan boshlab «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida quyosh panellaridan ishlab chiqarilgan va yagona elektr tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat energiya uchun 1000 so‘mdan subsidiya belgilangandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilk bor ko‘mirni ortda qoldirgani haqida xabar bergan edi.