Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

eʼlon qilindi
Moskvadagi elchixona 30 ga yaqin voyaga yetmagan bolalarni qaytarishda yordam berdi
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi
Foto: Dunyo

9 – 16-oktabr kunlari Sankt-Peterburg, Chelyabinsk va Moskvadan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va Milliy ijtimoiy himoya agentligi bilan hamkorlikda og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan voyaga yetmagan bolalarni aniqlash va vatanga qaytarish ishlarini olib bormoqda.

Elchixona huzuridagi ishchi guruh bolalarning shaxsini aniqlash, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tashkiliy masalalarni hal qildi.

Hujjatlar tayyorlangach barcha bolalar Toshkentga yuborildi. Shuningdek, Yekaterinburg, Volgograd, Ufa, Nijniy Novgorod, Moskva viloyati, Maxachqala va Novosibirsk shaharlarida ota-onasiz qolgan yana 19 nafar bola aniqlanib, 1-noyabr kuni Rossiya organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonga qaytarildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yildan Rossiyaning ko‘plab hududlarida migrantlar uchun patent narxi oshishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek