
Samsung Galaxy A57 modelini ishlab chiqmoqda. Qurilma kompaniyaning ichki test serverida A576B kod ostida paydo bo‘lgan.
Shuningdek, A576BXXU0AYJ7 va A576BOXM0AYJ7 versiyalari sinovdan o‘tayotgani qayd etildi. Yangi model Galaxy A56’ning bevosita vorisi bo‘ladi. Avgust oyida Galaxy A57 GeekBench platformasida ham ro‘yxatdan o‘tgan edi. Test ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon yangi Exynos S5E8865 chipi bilan jihozlanadi. Mutaxassislar bu modelda Exynos 1680 protsessori qo‘llanishini taxmin qilmoqda.
Galaxy A57’ning asosiy xususiyatlari orasida 120 Hz yangilanish chastotasiga ega AMOLED displey, 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 45 Vt quvvatga ega tezkor zaryadlash tizimi bo‘lishi kutilmoqda.
Smartfonning test bazalarida paydo bo‘lishi uning rasmiy taqdimoti yaqin oylarda bo‘lishini anglatadi. Shuningdek, Samsung kompaniyasining A5x seriyasi avvalgi yillarda doimiy ravishda sotuv rekordi o‘rnatganini inobatga olganda, yangi Galaxy A57 ham kompaniyaning navbatdagi bestseller modeli bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 200 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar haqida yozgan edi.