Turkiyada giyohvandlik vositalarini saqlashda ayblangan o‘zbekistonlik ozodlikka chiqdi

eʼlon qilindi
Turkiyadagi Bosh konsulxona xodimlari hibsda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Foto: Istanbul Bosh konsulxonasi Telegram kanali

Turkiyaning Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida 2024-yildan beri saqlanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi ozodlikka chiqdi. U giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib hibsga olingan edi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari yaqinda mazkur muassasaga tashrif buyurib, hibsda saqlanayotgan vatandoshlar bilan uchrashishdi. Ular bilan huquqiy maslahatlar o‘tkazilib, advokatlar bilan ham alohida suhbatlar tashkil etildi.

Natijada 30-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida fuqaro ozodlikka chiqarilgan. Bu voqea Turkiyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga ko‘rsatilayotgan konsullik yordami samarasi sifatida qayd etilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyada 6,1 balli zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek