Xiaomi 17 Ultra smartfoni haqida nimalar ma’lum

3-noyabr 2025 14:31 eʼlon qilindi

(3-noyabr 2025 21:09 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
xiaomi
Foto: Xiaomi

Xiaomi 17 Ultra flagmani debyutga tayyor va Xitoyda ikki versiyada sertifikatdan o‘tgan. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Modellar 2512BPNDAC va 25128PNA1C raqamlari ostida ro‘yxatga olingan. Ikkalasi ham UWB (ultra keng polosali aloqa) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yuqori versiyada Tiantong va Beidou sun’iy yo‘ldosh tizimlari orqali qo‘ng‘iroq va xabar yuborish imkoniyati ham mavjud.

Manbalarga ko‘ra, yangi flagman 6,8 dyuymli 2K OLED displey bilan ta’minlanadi, ekran yangilanish tezligi 120 Hz bo‘ladi. Qurilma eng yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi, shuningdek, IP68 himoya darajasi, simli va simsiz zaryadlash hamda yuqori sig‘imli Xiaomi Jinsha River akkumulyatori bilan jihozlanadi.

Asosiy e’tibor kamera tizimiga qaratilgan. Xiaomi 17 Ultra kompaniya tarixida birinchi bo‘lib fizik zoom funksiyasiga ega bo‘ladi. Smartfon 50 megapikselli asosiy sensor va In-Sensor Zoom (ISZ) texnologiyasi bilan jihozlanadi. Shuningdek, unda 200 megapikselli periskopik teleobyektiv o‘rnatilgan bo‘lib, u bir nechta fokus masofalari va makrosuratga olish imkonini beradi. Ushbu kamera tizimi yorug‘lik sharoitidan qat’i nazar, yuqori aniqlik va keng dinamik diapazonni ta’minlaydi.

Xiaomi 17 Ultra qora, oq va binafsha ranglarda taqdim etilishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, u Xitoy yangi yiligacha savdoga chiqadi. Flagmanning boshlang‘ich narxi 6000 yuan (taxminan $845) atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Xiaomi smartfonlari uchun yangi maxsus yangilik joriy etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek