Avto

17 ming dollarlik GAC Aion i60 elektromobili oldindan savdoga chiqdi

Model ikkita turda taqdim etilgan
GAC
GAC Aion i60 avtomobili / Foto: GAC

Xitoyning GAC Aion kompaniyasi yangi GAC Aion i60 avtomobili uchun oldindan buyurtmalarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model elektr va gibrid (EREV) versiyalarida taqdim etilgan. EREV modelining boshlang‘ich narxi 126,800 yuan ($17,8 ming), to‘liq elektr versiyasi esa 119,800 yuandan ($16,8 ming) boshlanadi.

Aion i60 besh o‘rinli ixcham SUV. CLTC sikliga ko‘ra 210 km sof elektr yurish masofasiga ega. Avtomobil 3C tez quvvatlash tizimi bilan jihozlangan.

Foto: GAC

Tashqi dizaynida yuqoriga cho‘zilgan LED chiroqlar, uzluksiz kunduzgi chiroqlar paneli va pastki qismda havo kirish panjarasi mavjud. Yon tomondan model Aion V bilan o‘xshash. Lekin uzunligi 4685 mm bo‘lib, 105 mm ga kattaroq. G‘ildiraklar 18 yoki 19 dyuym variantlarida taklif etiladi.

Orqa tomonda to‘liq chiziqli ikki qavatli orqa chiroqlar, yoritiluvchi brend logotipi va elektr yukxona eshigi o‘rnatilgan.

Salon ikki rangli dizaynga ega. Uchta ichki rang tanlovi mavjud. Oatmeal White, Warm Velvet Light Brown va Tahiti Grey. 32 xil rangdagi ichki yoritish, raqamli panel, markaziy sensorli ekran va ikki simsiz quvvatlash joyi bilan to‘ldirilgan.

Foto: GAC

Aion i60 GAC’ning GSD aqlli haydovchi yordam tizimi bilan jihozlangan. Avtomatik yo‘l o‘zgartirish, to‘xtash va rampadan chiqish kabi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

EREV versiyasi 1,5 litrli 74 kVt dvigatel va 180 kVt (241 ot kuchi) elektr motor bilan ishlaydi. Sof elektr yurish masofasi 210 km. Umumiy masofa 1240 km. Yonilg‘i sarfi 5,5 litr/100 km. Batareya 30 foizdan 80 foizgacha 15 daqiqada quvvatlanadi.

To‘liq elektr versiyada esa 150 va 165 kVt quvvatli motor variantlari mavjud. Batareya hajmlari 47,8 kVt/soat, 62,2 kVt/soat va 75,2 kVt/soat bo‘lib, yurish masofalari mos ravishda 400 km, 530 km va 650 km.ni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xitoyda GAC Trumpchi GS3 2026 avtomobili savdosi boshlangani haqida yozgan edi.