
Chevrolet kompaniyasi tomonidan 2026-yilgi Chevrolet Blazer avtomobili taqdim etildi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.
Kompaniya Blazer modelini 2025-yildan keyin AQSh bozoridan olib tashlamoqchi edi. Yangi modelda trim darajalari qayta tartiblangan, xavfsizlik tizimlari to‘liq yangilangan, ayrim dvigatellar esa ishlab chiqarishdan olib tashlangan. Eng e’tiborga molik o‘zgarishlardan biri – bazaviy narxning pasayishi.
Texnik yangiliklar
2LT trim endi $36,095 dan boshlanadi. Bu o‘tgan yilgi modeldan $1,000 arzon. Shu bilan birga, Driver Confidence Package (WPA) endi standart tarzda o‘rnatilgan.
3LT trimda V6 dvigatel butunlay olib tashlangan, endi faqat 2,0 litrli turbo versiyasi mavjud. Narx biroz oshgan – $41,495.

Premier komplektatsiyasi to‘liq bekor qilindi, endi lineup faqat 2LT, 3LT va RS variantlaridan iborat.
RS versiyasi haqida nimalar ma’lum
RS komplektatsiyasi 2026-yilda asosiy dvigatel sifatida 2,0 litrli turbo motorni oladi, biroq 3,6 litrli V6 LGX dvigateli ixtiyoriy tarzda, qo‘shimcha $1,000 evaziga taklif qilinadi (buning uchun Trailering Equipment Package – $650 talab qilinadi).
Narx endi $900 ga oshgan bo‘lsa-da, RS versiyasi ikki rangli bo‘yoq bilan keladi. Bu ilgari $550 qo‘shimcha opsiya edi.
Platforma va ishlab chiqarish
2026-yilgi Blazer hali ham GM C1 platformasida ishlab chiqariladi. Avtomobilning ishlab chiqarish joyi o‘zgarmagan – Meksikadagi Ramos Arizpe zavodida yig‘iladi.

Narxlar:
| Trim darajasi | Drayv turi | Dvigatel | 2026 MSRP (DFC bilan) | 
|---|---|---|---|
| 2LT | FWD | Turbo 2.0L I4 LSY | $36,095 | 
| 2LT | AWD | Turbo 2.0L I4 LSY | $38,795 | 
| 3LT | FWD | Turbo 2.0L I4 LSY | $41,495 | 
| 3LT | AWD | Turbo 2.0L I4 LSY | $44,195 | 
| RS | FWD | Turbo 2.0L I4 LSY | $45,395 | 
| RS | FWD | 3.6L V6 LGX | $47,045 | 
| RS | AWD | Turbo 2.0L I4 LSY | $48,295 | 
| RS | AWD | 3.6L V6 LGX | $49,945 | 
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan oddiy yoki yangilangan Cobaltning farqlarini yozgan edi.