
2025-yil 5-noyabrdan 6-noyabrgacha tungi osmonda yilning oxirgi va eng yorqin to‘liq oyi – Bobroviy superoy paydo bo‘ladi. Shu paytda Oy Yerga eng yaqin masofaga – 356 832 kilometrga yaqinlashgani uchun juda katta va porloq ko‘rinadi.
Astronomlar ma’lumotiga ko‘ra, to‘liq oy Toshkent vaqti bilan soat 18:19 da boshlanadi, yarim tunda esa Oy Yerga maksimal yaqinlashadi. Aksariyat hududlarda superoy 5-noyabr kuni, quyosh botgandan so‘ng ko‘rinadi. Toshkentda Oy chiqishi taxminan soat 16:45 – 17:00 da bo‘lib, yarim soat ichida u gorizont ustida yetarlicha balandlikka ko‘tariladi.
Agar osmon tiniq bo‘lsa, Oy butun tun davomida va ertalab 6-noyabrgacha ko‘rinadi. Astronomlar ochiq maydonlarga chiqib, sharq yoki janubi-sharqiy gorizontni kuzatishni tavsiya qiladilar. Superoy, ayniqsa, gorizont chizig‘i pastida bo‘lganda katta va ta’sirli ko‘rinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Shenzhou-21 kosmik missiyasini ishga tushirgani haqida yozgan edik.