Andijonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

eʼlon qilindi
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
enegetika
Foto: Energetika vazirligi

Andijon viloyatining Asaka tumanida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyati hech qanday ruxsat hujjatlarisiz tabiiy gazdan foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Holat «O‘zenergoinspeksiya»ning Andijon viloyati boshqarmasi, «Hududgaz Andijon» GTF va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fosh etildi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, korxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat gaz ta’minoti tizimiga 1,4 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Boysundagi konda yuz bergan yong‘in yuzasidan vazirlik izoh bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek