Andijonda soxta bojxona hujjatlari bilan kredit olishga uringan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Andijonda soxta bojxona hujjatlari bilan kredit olishga uringan shaxslar ushlandi / Foto: Bojxona qo‘mitasi

Аndijonda bojxona hujjatlarini qalbakilashtirish orqali kredit olishga urinish holati fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Аndijon viloyati va Toshkent shahar bojxona boshqarmalari hamda Bojxona qo‘mitasi tezkor tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh shaxslar tomonidan bojxona organlariga oid rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish holatlari aniqlanib, oldi olindi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Tergovga qadar tekshiruv davomida, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirgan xonadonda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar Boshqarmasi» yozuvli muhr, oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnomalar va go‘yoki bojxona xodimi ekanligini tasdiqlovchi guvohnomalar aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, 3 nafar shaxsdan iborat uyushgan guruh hujjatlarni qalbakilashtirib, ularni banklarga kredit olish maqsadida taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 17 mlrd so‘mlik QQS bilan bog‘liq firibgarlik fosh etilgan edi.

Shuningdek