
Eron chempionatining 9-tur yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi va «Istiqlol» klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov ramziy terma jamoadan joy oldi.
Tehron klubi ushbu turda o‘z maydonida «Alyuminium Arak» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ashurmatov maydonda to‘liq harakat qildi hamda havodagi to‘plarda ustunligi bilan ajralib turdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik himoyachi joriy mavsumda Eron Pro-ligasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U 2025 yil yozida Rossiyaning «Rubin» klubidan Eronning «Istiqlol» klubiga o‘tgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov Turkiya Superligasining tur ramziy jamoasidan joy olgani haqida xabar bergan edi.