Dunyodagi eng badavlat odamlari yashaydigan TOP – 10 shahar nomi ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatda Nyu-York birinchi o‘rinda, undan keyin Gonkong va Los-Anjeles shaharlari joylashgan
Nyu York
Foto: Depositphotos

Boyligi $30 mln.dan ortiq bo‘lgan insonlar soni so‘nggi yillarda tez sur’atlarda oshmoqda. Altrata kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, bu toifadagi aholining 19 foizi atigi 10 ta yirik shaharda yashaydi.

Ro‘yxatda Nyu-York birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarni Gonkong va Los-Anjeles shaharlari egalladi.

Ro‘yxat:

ShaharUltraboylar soniSo‘nggi 12 oydagi o‘sish
1Nyu-York21 380+23,4 %
2Gonkong17 215+11,5 %
3Los-Anjeles11 680+24 %
4San-Fransisko8 270+24,9 %
5Chikago7 530+21,7 %
6Tokio6 940+8,4 %
7London6 660+9,7 %
8Dallas6 530+23 %
9Vashington (DC)6 460+23,6 %
10Xyuston5 900+22 %

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ro‘yxatdagi 10 shaharning 6 tasi AQShga tegishli. Bu mamlakatda dunyo ultraboylarining 38 foizi istiqomat qiladi. Altrata ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil iyun holatiga dunyoda 510 810 nafar boyligi $30 mln.dan ortiq inson mavjud bo‘lgan. Bu son 2004-yildan beri yetti barobar tez o‘sish sur’atini ko‘rsatgan.

Boylik tez o‘sayotgan yangi markazlar

Shunga qaramay Altrata hisoboti boshqa mintaqalarda boylar soni yanada tez oshayotganini qayd etadi. Ultraboylar soni eng tez ortayotgan shaharlar orasida Oslo (Norvegiya), Bengaluru (Hindiston) va Haydarobod (Hindiston) yetakchilik qilmoqda. Qizig‘i, AQShning birorta shahri bu «eng tez o‘sayotgan» ro‘yxatga kirmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan dunyoda kriptomillionerlar soni 40 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek