Kechga nima ovqat: xonim qanday tayyorlanadi

4-noyabr 2025 16:26 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Kechga nima ovqat: xonim qanday tayyorlanadi
Kechga nima ovqat: xonim qanday tayyorlanadi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Xonim — Markaziy Osiyo oshxonasining mashhur taomlaridan biri bo‘lib, bug‘da pishiriladigan juda yengil va shu bilan birga to‘yimli kechki ovqat varianti. Aksariyat hududlarda kuz-qish mavsumida ko‘proq tayyorlanadi, chunki issiq bug‘da pishgan xamir va go‘sht tanani yengil to‘yintiradi, hazm qilish jarayoni ham og‘ir bo‘lmaydi. Kursiv Uzbekistan bugun kechki ovqatga xonim tayyorlashda yordamlashadi.

Masalliqlar (4-5 kishi uchun)Miqdori
Mol yoki qo‘y qiymasi500 gr
Piyoz2 dona
Tuzta’bga ko‘ra
Qora murch, zirata’bga ko‘ra
Xamir uchun un450–500 gr
Suvyetarli miqdor
O‘simlik yog‘i2 osh qoshiq (xamirga surish uchun)

Tayyorlash bosqichlari: xamir qorish

Un elab olinadi va suv bilan qattiqroq xamir qoriladi. Xamir 20–25 daqiqa damga qo‘yiladi. So‘ng yupqa qilib yoyiladi (manti xamiriga o‘xshash).

Go‘shtli aralashma tayyorlash

Piyoz mayda to‘g‘raladi. Qiymaga qo‘shiladi va tuz, qora murch, zira (ta’bga ko‘ra) solinib yaxshilab aralashtiriladi.

Xamirga yog‘ surish va qiyma solish

Yoyilgan xamir yuziga juda yupqa qilib yog‘ suriladi. Ustiga go‘shtli aralashma tekis tarqatiladi. Xamir rulon shaklida o‘raladi. So‘ng mantiqasqonga solinadi va bug‘da taxminan 45 daqiqa pishiriladi. Taom o‘rtacha olovda pishishi kerak, shunda xamir ham, go‘sht ham bir maromda yumshoq chiqadi.

Bezash va dasturxonga tortish

Xonim pishib chiqqandan keyin bo‘laklarga bo‘linadi va issiq holda likopchaga chiqariladi. Ustiga ozgina qizil achchiq sous, tuz yoki maydalangan ko‘katlar sepilsa yanada mazali bo‘ladi. Yoniga qatiq bilan berish ham mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bulg‘or qalampirli do‘lmaning tayyorlanish jarayoni haqida ma’lumot bergandi.

Shuningdek