«Kelajak merosi» xalqaro mukofoti ta’sis etildi

eʼlon qilindi
Mahalliy va xorijiy ijodkor, ziyolilarni rag‘batlantirish maqsadida
Bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
«Kelajak merosi» xalqaro mukofoti ta’sis etildi / Foto: President.uz

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yildan boshlab «Kelajak merosi» xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Mukofotning asosiy maqsadi – O‘zbekistonning madaniy-ma’rifiy merosini, ilmiy yutuqlarini, san’at va raqamli texnologiyalar sohasidagi innovatsion g‘oyalarni targ‘ib etish hamda milliy va global qadriyatlar rivojiga hissa qo‘shayotgan ijodkor va ziyolilarni rag‘batlantirish.

Tanlov har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: adabiyot, madaniy meros, teatr va kino, musiqa va raqs, tasviriy va amaliy san’at, moda va dizayn, ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va $10 ming miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mukofotning tashkiliy ishlari «Kelajak merosi» xalqaro mukofoti kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Madaniyat vazirligi esa uning ishchi organi sifatida belgilandi. Tashqi ishlar vazirligi g‘oliblarni mamlakatga taklif etish va vizalar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.

Tanlov va mukofot faoliyatining keng yoritilishi OAV orqali ta’minlanadi. Dastlabki xarajatlar 2025-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan moliyalashtiriladi. 2026-yildan esa Davlat budjeti parametrlariga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Tolstoy nomidagi Xalqaro Tinchlik mukofoti bilan taqdirlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek