
Melt Interface yangi Melt Mouse sichqonchasini taqdim qildi. Qurilma sichqoncha, sensorli trekped va dasturlanadigan boshqaruv paneli imkoniyatlarini birlashtiradi.

Sichqoncha alyuminiy korpusli bo‘lib, mikroteksturali shisha yuzasi bir nechta barmoq harakatlarini taniydi. An’anaviy tugmalar o‘rniga teginishni sezuvchi tizim o‘rnatilgan, sensor aniqligi esa 6000 DPI ni tashkil etadi.

Qurilma rejimlarni ikki yoki uzoq bosish orqali o‘zgartirish imkonini beradi. Raqamli klaviatura rejimida 12 ta sensorli nuqta raqam kiritish yoki klavish kombinatsiyalarini bajarish uchun xizmat qiladi.

Melt Mouse magnitli MagSole tizimi orqali rangli pastki panellarni almashtirish imkoniga ega. Yon tomonida ikkita tugma joylashgan, sichqoncha simsiz ishlaydi va ergonomik shakli qo‘lga qulay tarzda moslashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq RedMagic 11 Pro flagman smartfoni taqdim etilgan edi.