Nepaldagi Yalung Ri tog‘ida yuz bergan qor ko‘chkisi yetti kishi hayotiga zomin bo‘ldi

eʼlon qilindi
Besh kishi jarohat oldi
Nepaldagi Yalung Ri tog‘ida yuz bergan qor ko‘chkisi yetti kishi hayotiga zomin bo‘ldi / Foto: Getty Images

Nepalning Yalung Ri tog‘ida sodir bo‘lgan kuchli qor ko‘chkisi oqibatida beshta xorijiy alpinist va ikki nepallik gid halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohatlandi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

So‘nggi haftalarda Nepalda ob-havo keskin yomonlashgan, tog‘larda qor bo‘ronlari kuzatilgan. Qutqaruvchilar hodisa joyiga piyoda yetib bormoqda, qutqaruv vertolyoti esa yomon ob-havo sabab qaytishga majbur bo‘lgan, biroq seshanba tongida yana urinib ko‘rildi.

Foto: Mapbox

Ma’lumot uchun, Yalung Ri 5,6 ming metr balandlikda bo‘lib, avval tog‘ga chiqqan tajribasiz boshlovchilar uchun mo‘ljallangan cho‘qqidir. Nepalda dunyodagi eng baland 14 tog‘ning sakkiztasi joylashgan, ular orasida Everest ham bor. Kuz oylarida esa ko‘plab xorijiy tog‘chilar kichikroq cho‘qqilarga chiqish uchun bu mamlakatga keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.

Shuningdek