Qamchiq dovonida qor yog‘di — video

eʼlon qilindi
FVV, Yo‘l-patrul xizmati (YPX) va «Qamchiqavtoyo‘l» xodimlari yo‘llarni qordan tozalamoqda
Qamchiq dovonida qor yog‘di
Qamchiq dovonida qor yog‘di. Ekran tasviri videodan olindi

Namangan viloyatining Qamchiq dovonida qor yog‘di. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.

Unga ko‘ra, hozirda dovonning yuqori qismida mayin qor yog‘moqda. FVV, Yo‘l-patrul xizmati (YPX) va «Qamchiqavtoyo‘l» xodimlari yo‘llarni qordan tozalash, muzlamaning oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini davom ettirmoqda.

Video: FVV

Qutqaruvchilar tomonidan yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga ham yordam berilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarga dovon hududida harakatlanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni eslatdi.

Avvalroq 4-noyabr kuni havo harorati 0°gacha tushib ketishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin. 

Shuningdek