RedMagic 11 Pro flagman smartfoni taqdim etildi

RedMagic brendi jahon bozorida yangi flagman smartfoni RedMagic 11 Proni rasman taqdim etdi. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.
Ushbu model Xitoyda RedMagic 11 Pro+ nomi bilan tanilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda AnTuTu reytingida eng yuqori natijaga ega bo‘ldi.
Yangi modelning asosiy yangiligi – AquaCore tizimi bo‘lib, u suyuq va havoli sovitish tizimlarini birlashtiradi. Ventilyator soatiga 24 ming aylanma tezlik bilan ishlaydi. Nightfreeze va Subzero versiyalarida shaffof orqa panel orqali suyuqlik aylanishi ko‘rinadi, klassik uslubni yoqtiruvchilar uchun esa qora rangdagi Cryo versiyasi mavjud.
RedMagic 11 Pro Snapdragon 8 Elite Gen 5 platformasida qurilgan va o‘zining o‘yin protsessori RedCore R4 bilan to‘ldirilgan. Operativ xotira variantlari 12, 16 yoki 24 GB bo‘lib, 6,85 dyuymli AMOLED ekran, 16 MP displey osti old kamera va 144 Hz yangilanish chastotasi bilan jihozlangan. Orqa panelda 50 MP asosiy va ultra keng burchakli ikkita kamera mavjud. Batareya sig‘imi 7500 mA·soat bo‘lib, 120 Vt simli va 80 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfon 18-noyabr 2025-yildan sotuvga chiqadi. 13–18-noyabr kunlari oldindan buyurtma beradigan birinchi xaridorlar uchun 30 yevro chegirma taqdim etiladi. Qurilma rasmiy redmagic.gg sayti va hamkorlar orqali sotuvga chiqariladi.
Yevropada Cryo 12/256 GB konfiguratsiyali modeli 700 yevro, Nightfreeze 16/512 GB modeli 800 yevro, eng yuqori konfiguratsiyadagi Nightfreeze 24 GB/1 TB modeli esa 1000 yevroga sotiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq RedMagic Astra Gaming plansheti global sotuvga chiqqan edi.