Saida Mirziyoyeva 41 yoshga to‘ldi

4-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlaydi.
Mirziyoyeva Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro huquqni o‘rgangan. Keyinchalik Toshkent davlat yuridik institutida magistraturani tamomlagan. Shuningdek, Moskva davlat universiteti (Lomonosov nomidagi)da iqtisodiyot bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Saida Mirziyoyeva davlat kommunikatsiyalari tizimida faoliyatini boshlagan. 2019-yil aprelida u O‘zbekiston prezidentining ma’muriyati huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AIMK)ning direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Keyinchalik milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasining vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
2022-yil noyabrida prezident administratsiyasining ijro apparatida kommunikatsiya va axborot siyosati bo‘yicha sektorni boshqargan. 2023-yil avgustida davlat rahbarining yordamchisi etib tayinlangan.
2025-yil iyun oyida Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston rezidentining administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini ham nazorat qiladi va jamg‘arma kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva o‘z lavozimida qanday vakolatlarga ega ekanligi haqida yozgan edik.