Serbiya chempionatida o‘yin paytida murabbiy vafot etdi

4-noyabr 2025 11:07 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Serbiya chempionatida o‘yin paytida murabbiy vafot etdi
Foto: FK «Radnichki-1923»

Serbiyaning «Radnichki-1923» klubi bosh murabbiyi Mladen Jijovich «Mladost» jamoasiga qarshi kechgan safar o‘yini paytida vafot etdi.

«iz.ru» portalining ma’lum qilishicha, 44 yoshli mutaxassis o‘yinning 22-daqiqasida o‘zini yomon his qilgan. Tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, Jijovich shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida hayotdan ko‘z yumgan. Uchrashuv «Radnichki-1923» foydasiga 2:0 hisobida to‘xtatilgan.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Mladen Jijovich 2025 yilda «Radnichki-1923» jamoasini qabul qilib olgan edi. U avval Bosniyaning «Zrinski» va «Sloboda», shuningdek, Albaniyaning «Shkupi» klublarida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Futbolchilik faoliyati davomida Jijovich «Zrinski», «Boras» va «Radnik» jamoalarida o‘ynagan, ikki marta Bosniya va Gersegovina kubogini qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, Bosniya terma jamoasi safida ikki o‘yinda maydonga tushgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonda futbolchi o‘yin payti vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek