Toyota vodorodli Tacoma konseptini taqdim etdi

4-noyabr 2025 08:17 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Toyota vodorodli Tacoma kontseptini taqdim etdi / Foto: Toyota

Toyota SEMA 2025 ko‘rgazmasida vodorod yoqilg‘isida ishlaydigan Tacoma pikapining yangi konseptini namoyish etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Foto: Toyota

Model Mirai sedanidan olingan yoqilg‘i elementlari asosida yaratilgan bo‘lib, 547 ot kuchiga ega elektr agregat va 24,9 kVt·soat sig‘imli batareyaga ega.

Foto: Toyota

Avtomobilning uchta vodorod baloni ramkaga joylashtirilgan, chiqindi esa faqat suv bug‘idan iborat. Toyota bu suvni yig‘ib, uni sayohat paytida yuvinish yoki texnik maqsadlarda ishlatish imkonini yaratgan, ammo ichish uchun yaroqsiz.

Foto: Toyota

Yangi Tacoma elektr energiyasini uyga yetkazib berish yoki ikki elektromobilni bir vaqtning o‘zida quvvatlash imkoniyatiga ham ega. Model off-roud uchun maxsus tayyorlangan bo‘lib, oldida yuqori ishqalanishli differensial, orqasida elektron blokirovkali differensial, TRD osma, Fox 2.5 Performance Elite amortizatorlar va 35 dyuymli shinalar bilan jihozlangan. Kuzovga yangi himoya plastinalari, mustahkamlangan orqa bamper, lobali LED faralar va orqa qismida tortiladigan kamping chodiri o‘rnatilgan.

Foto: Toyota

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota bZ Time Attack Concept elektr krossoveri taqdim etilgan edi.

Shuningdek