Gadjetlar

Vivo Y500 Pro smartfoni haqida nimalar ma’lum

Smartfon 6,67 dyuymli OLED displeyga ega
vivo
Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi tomonidan yangi Vivo Y500 Pro smartfoni haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Model o‘z sinfida birinchi bo‘lib 200 megapikselli kamera va optik tasvir barqarorlashtirish tizimi (OIS) bilan jihozlangan.

Smartfon 6,67 dyuymli OLED displeyga ega. 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera – Samsung HP5 sensori asosida ishlovchi 200 MP modul bo‘lib, yuqori aniqlikdagi fotosuratlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Gizmochina

Vivo Y500 Pro’ning asosiy afzalliklaridan yana biri – 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, u 90 Vt tez zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma 120 fps tezlikda o‘yinlarni barqaror ishlatish imkonini beradi.

Korpus IP68/69 himoya standartiga ega bo‘lib, suv va changga bardosh bera oladi. Orqa panel esa antiblikli silliq sirtli satin qoplama bilan yaratilgan.

Foto: Gizmochina

Geekbench bazasida ko‘rsatilishicha, Y500 Pro MediaTek Dimensity 7400 chipida ishlaydi. U 4 ta 2,0 GHz va 4 ta 2,6 GHz chastotali yadroga ega, grafikani esa Mali-G615 MC2 GPU qayta ishlaydi.

Smartfon 12 GB RAM bilan jihozlangan va Android 16 operatsion tizimida, yangi OriginOS 6 interfeysi bilan ishlaydi. Bu Y500 Pro‘ni Vivo‘ning flagman emas, ammo OriginOS 6 bilan birinchi modeli sifatida ajratib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo S50 Pro Mini smartfoni haqida yogan edi.

Dastlab S50 Pro Mini modeli Dimensity 9400 Plus chipida ishlashi aytilgan edi, biroq yangi insayder ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma Snapdragon 8 Gen 5 protsessoriga ega bo‘ladi.