Gadjetlar

Oktabr oyining eng yaxshi smartfonlari reytingi e’lon qilindi

Eng kuchli beshta modelning barchasi Snapdragon 8 Gen 5 Elite chipiga ega smartfonlar bo‘ldi
Red Magic 11 pro
Foto: Xiaomiu

AnTuTu benchmark platformasi 2025-yil oktabr oyi uchun eng yaxshi smartfon modellarini e’lon qildi. Oldingi oylarda yuqori o‘rinlarda bo‘lgan Xiaomi 17 Pro va 17 Pro Max modellari ilk o‘ntalikka kira olmagan.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni RedMagic 11 Pro+ egalladi. U suyuq va havo orqali gibrid sovitish tizimiga ega bo‘lib, AnTuTu testida o‘rtacha 4,13 million ball to‘pladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar OnePlus 15 hamda iQOO 15 smartfonlariga tegishli bo‘ldi. Har ikkalasi ham 4,03 million atrofida natija ko‘rsatdi.

Foto: Honor

Dastlabki beshlikni Honor Magic8 va Magic8 Pro yakunladi. Eng kuchli beshta modelning barchasi Snapdragon 8 Gen 5 Elite chipiga ega smartfonlar bo‘ldi.

Oltinchi o‘rinda Vivo X300 Pro, yettinchida esa Realme GT8 Pro joylashdi. Reytingni Oppo Find X9, Redmi K90 Pro Max va Vivo X300 modellari yakunladi. Ushbu natijalar 2025-yilda Snapdragon va MediaTek Dimensity protsessorlari o‘rtasidagi raqobat yanada kuchayganini ko‘rsatadi.

Ro‘yxat:

O‘rinModel nomiChipsetRAM + xotiraBall (o‘rtacha)
1RedMagic 11 Pro+Snapdragon 8 Gen 5 Elite24 GB + 1 TB4 132 403
2OnePlus 15Snapdragon 8 Gen 5 Elite16 GB + 1 TB4 031 998
3iQOO 15Snapdragon 8 Gen 5 Elite16 GB + 1 TB4 030 245
4Honor Magic8Snapdragon 8 Gen 5 Elite16 GB + 1 TB4 028 333
5Honor Magic8 ProSnapdragon 8 Gen 5 Elite16 GB + 1 TB4 027 702
6Vivo X300 ProMediaTek Dimensity 950016 GB + 1 TB4 010 619
7Realme GT8 ProSnapdragon 8 Gen 5 Elite16 GB + 1 TB3 915 526
8Oppo Find X9MediaTek Dimensity 950016 GB + 1 TB3 814 196
9Redmi K90 Pro MaxSnapdragon 8 Gen 5 Elite16 GB + 1 TB3 797 111
10Vivo X300MediaTek Dimensity 950016 GB + 1 TB3 720 004

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 200 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar haqida yozgan edi.