
BYD kompaniyasi tomonidan yangi BYD M9 MPV avtomobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Narxlar 206 800 yuandan (taxminan $28,9 ming) boshlanadi, lekin vaqtinchalik chegirmalar bilan boshlang‘ich narx 196 800 yuan ($27,5 ming) etib belgilangan. Model to‘liq qayta ishlangan gibrid tizim, kattaroq batareya va yangilangan haydovchiga yordam tizimlari bilan jihozlangan.

Yangi M9 avvalgidek yetti o‘rindiqli bo‘lib, BYD’ning beshinchi avlod DM plug-in gibrid tizimi asosida ishlaydi. Endi to‘rtta komplektatsiya taklif qilinadi: ikkitasida 100 km elektr masofa, ikkitasi esa 218 km masofa mavjud. Gibrid rejimdagi yonilg‘i sarfi 4,9-5,0 L/100 km gacha kamaygan. Umumiy masofa – 1 163 km.
Tashqi ko‘rinish va o‘lchamlar
M9 o‘zining yirik «ajdaho tangachasi» uslubidagi radiator panjarasini saqlab qolgan. Eng yuqori versiyada tom qismiga lidar o‘rnatilgan. Korpus uzunligi 5 145 mm, eni 1 970 mm, balandligi 1 805 mm, g‘ildiraklar bazasi 3 045 mm. Yangi ranglar orasida Ink Bamboo Green, Glazed Purple-Gold va Moon Shadow Black-Gold mavjud.

Ichki qism
Salon ikki xil rangda – Sandalwood Brown–Beige va Far Mountain Grey. Modelda 128 xil yorug‘lik rejimi, hid tarqatuvchi tizim va PM2.5 filtr mavjud. 15,6 dyuymli markaziy ekran DiLink 150 tizimi asosida ishlaydi. U ovozli boshqaruv, «sentinel mode», karaoke funksiyasi va turli smartfonlar bilan sinxron ulanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Yuqori komplektatsiyada 26 dyuymli HUD proyeksiya ekrani, 12,3 dyuymli asboblar paneli va yo‘lovchi uchun qo‘shimcha ekran mavjud.

Komfort va texnologiyalar
Modelda 50 Vt quvvatli simsiz zaryadlash, DiSound Dolby Atmos audio tizimi (12 – 28 dinamikli), va tashqariga olib chiqiladigan portativ karnay mavjud. Eng yuqori versiyada BYD’ning «God’s Eye B» tizimi – lidar, shahar navigatsiyasi va avtoparklash funksiyalari bilan jihozlangan. O‘rta variantlarda «God’s Eye C» mavjud bo‘lib, avtomobilni avtomagistralda boshqarish imkonini beradi.

Salon konfiguratsiyasi
Ichki tuzilma 2+2+3 ko‘rinishida. Old o‘rindiqlar isitish, shamollatish, massaj va xotira funksiyalariga ega. Ikkinchi qatordagi kapitans o‘rindiqlarda oyoq qo‘yilmalari, stolchalar, bosh tayanchida audio tizim mavjud. Uchinchi qatordagi o‘rindiqlar elektr boshqaruvli. Yuk joyi hajmi 470 litr, buklaganda 2 036 litrgacha kengayadi.

Texnik xususiyatlar
1,5 litrli gibrid tizimda 115 kVt ichki yonuv dvigateli va 200 kVt elektr motor bor. 0 – 100 km/soat tezlanish 8,1-8,5 soniya. DiSus-C intelligent suspenziya tizimi yo‘l relyefini oldindan o‘qib, tebranishni kamaytiradi. Shuningdek, «anti-motion sickness» algoritmi, VTOL tashqi quvvat chiqishi va TBC shinalar xavfsizlik tizimi mavjud.

Raqobat
BYD M9 Xitoydagi 200 – 300 ming yuanli (taxminan $28 – 42 ming) gibrid MPV segmentida Buick GL8 Land Business Edition PHEV va Maxus MIFA 9 PHEV modellariga raqobat beradi. M9 ularning orasida eng uzun elektr masofa, eng past yoqilg‘i sarfi va ilg‘or haydovchi yordam tizimlari bilan ajralib turadi. 2025-yil sentabr oyida BYD 1 467 dona M9 sotgan va Xitoyda yirik MPVlar orasida 15-o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD Xia 2026 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.