6-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

6-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 970,67 so‘m (+20.04 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 30-oktabr kuni 11 990,53 so‘m (-13,94 so‘m)ga tenglashdi. 31-oktabr kuni AQSh valyutasi 12 025,22 so‘m (+34,69 so‘m) bo‘ldi. 3-noyabr kuni dollar 12 005,09 so‘mga (-20,13 so‘m) tenglashdi. 4-noyabr kuni dollar 11 972,34 so‘m (-32, 75 so‘m), 5-noyabr kuni esa 11 950,63 so‘m (-21,71 so‘m) etib belgilangan edi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 3,89 so‘mga oshib, 13 748,31 so‘mni, rubl esa 0,11 so‘mga tushib, 147,59 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh dollari qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.