
Apple kompaniyasi iOS 26.1 operatsion tizimini taqdim etdi. Bu yangilanish tizimdagi aniqlangan xatoliklarni tuzatish va ilgari e’lon qilingan, ammo dastlabki chiqarishda mavjud bo‘lmagan yangi funksiyalarni qo‘shishga qaratilgan.

iOS 26.1 foydalanuvchilarga Liquid Glass shaffofligini sozlash imkonini beradi. Endilikda interfeysning ikki rejimidan birini tanlash mumkin: asl ko‘rinish «Shaffof» yoki kamroq shaffof «Bir rangli». Sozlash uchun Sozlamalar → Ekran va yorqinlik → Liquid Glass bo‘limiga kirish talab etiladi.

Yangilanish bloklangan ekran orqali kamera ishga tushishini boshqarish funksiyasini takomillashtirdi. iPhone 16 va 17 foydalanuvchilari uchun swayp orqali kamera ishga tushirilishini o‘chirish mumkin.

Bundan tashqari, budilnikni faqat swayp orqali o‘chirish va qo‘ng‘iroq boshida va oxirida titrashni alohida sozlash imkoniyati qo‘shildi. Titrash signalini alohida boshqarish Sozlamalar → Telefon → Taktil signallar bo‘limida amalga oshiriladi.
Apple Music ilovasida treklarni swayp orqali almashtirish funksiyasi ham joriy etildi. Endi mini-pleyerda chapdan o‘nga surish orqali keyingi qo‘shiqni ijro etish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Apple iOS 26 taqdim etilgan edi.