Yangiliklar

Devid Bekxem Britaniyaning ritsar unvoniga sazovor bo‘ldi

U bu unvonni sport va xayriya sohasidagi xizmatlari uchun Vindzor qal’asida o‘tkazilgan marosimda qabul qildi
Devid Bekxem ritsar unvoni bilan taqdirlandi / Foto: AP

Britaniyalik sobiq futbol yulduzi Devid Bekxem Qirol Charlz III tomonidan ritsar unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

U bu unvonni sport va xayriya sohasidagi xizmatlari uchun Vindzor qal’asida o‘tkazilgan marosimda qabul qildi. Bekxem bu voqeani «hayotimdagi eng faxrli lahza» deb atadi. Marosimda rafiqasi Viktoriya ham ishtirok etdi.

Bekxem ilgari ham qirolicha Yelizaveta II tomonidan Britaniya Imperiyasi ordeni ofitseri unvoni bilan taqdirlangan edi. Nafaqadagi futbolchi hozirda YUNISEFning ezgu niyatlar elchisi bo‘lib, «7» jamg‘armasi orqali bolalarni qo‘llab-quvvatlash faoliyatini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirovga «Checheniston Qahramoni» unvoni berilgani haqida yozgan edik.