O‘zbekiston sentabr oyida dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bu davrda dunyo markaziy banklari 39 tonna oltin xarid qilgan
Zahira
Foto: FXDG

World Gold Council ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil sentabr oyida O‘zbekiston Markaziy banki 4 tonna oltin sotdi va shu tariqa dunyoning eng yirik oltin sotuvchisi sifatida qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, shu davrda dunyo bo‘yicha markaziy banklar jami 39 tonna oltin xarid qilgan. Eng faol xaridorlar qatorida Braziliya (+15 tonna), Qozog‘iston (+8 tonna), Gvatemala (+6 tonna) va Rossiya (+3 tonna) bor. Turkiya, Xitoy, Chexiya va Gana esa zaxiralarini 1-2 tonnaga oshirgan.

Jahon bo‘yicha sof oltin xarid hajmi 200 tonnani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga kam. O‘zbekiston esa o‘z oltin zaxirasining bir qismini sotish yo‘lini tanlagan kam sonli davlatlardan biri bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 5 grammli oltin quyma narxi 7,8 mln so‘mga tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek