O‘zbekiston U-17 Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

5-noyabr 2025 20:06 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatini O‘zbekiston U-17 terma jamoasi g‘alaba bilan boshladi. Birinchi turda O‘zbekiston Paragvayga qarshi maydonga tushdi.

Dastlab uchrashuvning 25-daqiqasida raqib himoyachilarining xatosidan keyin Azizbek Abdumo‘minov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. So‘ngra birinchi taymning oxirida yana Azizbek Abdumo‘minov qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘lladi .

Ikkinchi taymning 89-daqiqasida raqiblar futbolchisi Ledesma penaltini aniq amalga oshirib hisobni qisqartirdi. Shu tariqa o‘yin 2:1 hisobida terma jamoamiz g‘alabasi bilan yakunlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan futbol bo‘yicha U-17 terma jamoamizning JCh uchun tarkibi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek