Banklar va moliya

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 7,8 mln so‘mga tushdi

5-noyabr holatiga ko‘ra, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha tushdi
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 7,8 mln so‘mga tushdi
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 7,8 mln so‘mga tushdi / Foto: depositphotos

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi pasayishni davom etmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

5-noyabr holatiga ko‘ra, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha tushdi. Xususan, 5 grammli quyma 7,939 mln so‘mdan 7,832 mln so‘mga, 10 grammli quyma 15,879 mln so‘mdan 15,665 mln so‘mga, 20 grammli quyma 31,758 mln so‘mdan 31,330 mln so‘mga pastladi.

Shuningdek, 50 grammli quyma 78,324 mln so‘m, 100 grammli esa 156,648 mln so‘mni tashkil etdi.

Jahon bozorida oltin narxi barqarorlikni ushlab turmoqda. Xususan, 5-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:44 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun $3972,11 ni tashkil etdi.

Avvalroq Adliya vazirligi «Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ni tasdiqlagandi. Unga ko‘ra, endi jismoniy va yuridik shaxslar o‘lchovli oltin quymalarni hamda oltin va kumushning raqamli ko‘rinishini banklarning mobil ilovalari orqali sotib olishi yoki sotishi mumkin. Bunda bank filialiga borish talab etilmaydi — barcha operatsiyalar onlayn, real vaqt rejimida amalga oshiriladi.