Yangiliklar

O‘zbekistonda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi avtomatik tayinlanadi

2026-yil 1-yanvardan boshlab
oylik
O‘zbekistonda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi avtomatik tayinlanadi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yangi tartibga binoan, fuqarolar ijtimoiy sug‘urtaga majburiy yoki ixtiyoriy asosda qo‘shilishlari mumkin. Sug‘urta badallari va minimal sug‘urta stajiga qarab to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.

Jamg‘arma tomonidan to‘lovlar «proaktiv» shaklda, ya’ni fuqarolarning arizasisiz tayinlanadi. Jumladan, 2026-yil 1-yanvardan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, 2026-yil 1-iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi avtomatik tarzda belgilanadi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvardan boshlab ishdan bo‘shatish nafaqasi ham Jamg‘arma orqali tayinlanadi va to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa belgilanishi haqida yozgan edik.