O‘zbekistonning 22 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi

eʼlon qilindi
Ulardan 8 tasi o‘tgan yilga nisbatan o‘z pozitsiyasini yaxshilagan
QDU
Foto: Ochiq manba

4-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan e’lon qilingan QS Asia University Rankings 2026 ro‘yxatidan O‘zbekistonning 22 ta oliy ta’lim tashkiloti o‘rin oldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda. Ulardan 8 tasi o‘tgan yilga nisbatan o‘z pozitsiyasini yaxshilagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy reytingda Osiyoning 25 mamlakati va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor ro‘yxatga kiritilgan. Baholash mezonlari orasida ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifati va xalqaro hamkorlik faoliyati kabi ko‘rsatkichlar mavjud.

Ro‘yxat:

Oliy ta’lim muassasasiReytingdagi o‘rni
1Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti103-o‘rin
2Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti180-o‘rin
3Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti274-o‘rin
4Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti301-o‘rin
5Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti307-o‘rin
6Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti557-o‘rin
7Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti588-o‘rin
8Toshkent davlat transport universiteti602-o‘rin
9Urganch davlat universiteti632-o‘rin
10Toshkent davlat agrar universiteti741–750-o‘rinlar
11Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti801–850-o‘rinlar
12Farg‘ona davlat texnika universiteti851–900-o‘rinlar
13Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti851–900-o‘rinlar
14Farg‘ona davlat universiteti901–950-o‘rinlar
15Qarshi davlat universiteti901–950-o‘rinlar
16Andijon davlat universiteti951–1000-o‘rinlar
17Namangan davlat texnika universiteti951–1000-o‘rinlar
18Buxoro davlat universiteti1001–1100-o‘rinlar
19Guliston davlat universiteti1001–1100-o‘rinlar
20Jizzax politexnika instituti1001–1100-o‘rinlar
21Buxoro davlat texnika universiteti1201–1300-o‘rinlar
22Chirchiq davlat pedagogika universiteti1201–1300-o‘rinlar

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek