
4-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan e’lon qilingan QS Asia University Rankings 2026 ro‘yxatidan O‘zbekistonning 22 ta oliy ta’lim tashkiloti o‘rin oldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda. Ulardan 8 tasi o‘tgan yilga nisbatan o‘z pozitsiyasini yaxshilagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy reytingda Osiyoning 25 mamlakati va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor ro‘yxatga kiritilgan. Baholash mezonlari orasida ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifati va xalqaro hamkorlik faoliyati kabi ko‘rsatkichlar mavjud.
Ro‘yxat:
| № | Oliy ta’lim muassasasi | Reytingdagi o‘rni |
|---|---|---|
| 1 | Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti | 103-o‘rin |
| 2 | Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti | 180-o‘rin |
| 3 | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti | 274-o‘rin |
| 4 | Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti | 301-o‘rin |
| 5 | Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti | 307-o‘rin |
| 6 | Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | 557-o‘rin |
| 7 | Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti | 588-o‘rin |
| 8 | Toshkent davlat transport universiteti | 602-o‘rin |
| 9 | Urganch davlat universiteti | 632-o‘rin |
| 10 | Toshkent davlat agrar universiteti | 741 – 750-o‘rinlar |
| 11 | Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti | 801 – 850-o‘rinlar |
| 12 | Farg‘ona davlat texnika universiteti | 851 – 900-o‘rinlar |
| 13 | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti | 851 – 900-o‘rinlar |
| 14 | Farg‘ona davlat universiteti | 901 – 950-o‘rinlar |
| 15 | Qarshi davlat universiteti | 901 – 950-o‘rinlar |
| 16 | Andijon davlat universiteti | 951 – 1000-o‘rinlar |
| 17 | Namangan davlat texnika universiteti | 951 – 1000-o‘rinlar |
| 18 | Buxoro davlat universiteti | 1001 – 1100-o‘rinlar |
| 19 | Guliston davlat universiteti | 1001 – 1100-o‘rinlar |
| 20 | Jizzax politexnika instituti | 1001 – 1100-o‘rinlar |
| 21 | Buxoro davlat texnika universiteti | 1201 – 1300-o‘rinlar |
| 22 | Chirchiq davlat pedagogika universiteti | 1201 – 1300-o‘rinlar |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochilishi haqida yozgan edi.