Yangiliklar

Poytaxtdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi

Bir kunga
Poytaxtdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi / Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Nihol ko‘chasida yo‘l-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ko‘chaning Milliy bog‘ ko‘chasidan aylanma chorrahagacha bo‘lgan qismda transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Cheklov 5-noyabr soat 23:00 dan 6-noyabr soat 23:00 gacha amal qiladi.

Haydovchilarga aylanma yo‘nalishlardan foydalanish va belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Xitoy – O‘zbekiston ustaxonalari ishga tushirilgani haqida yozgan edik.