Yangiliklar

Putin o‘zbekistonlik san’atshunos Elmira Ahmedovani Pushkin medali bilan taqdirladi

Mukofot topshirish marosimi 4-noyabr kuni Kreml saroyida bo‘lib o‘tdi
Foto: Gazeta.uz / Umar Qurbonov

Vladimir Putin O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, taniqli san’atshunos Elmira Ahmedovani Pushkin medali bilan mukofotladi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Mukofot topshirish marosimi 4-noyabr kuni Kreml saroyida bo‘lib o‘tdi. Elmira Ahmedova Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

Tantanali marosimda Italiya, Vyetnam, Germaniya, Yaponiya, BAA hamda MDH davlatlaridan bir qator madaniyat va san’at arboblari ham Pushkin medali bilan mukofotlandi.

Ma’lumot uchun, Pushkin medali Rossiyada 1999-yil 9-mayda ta’sis etilgan. U madaniyat, san’at va ta’lim sohalarida yuksak natijalar uchun beriladi. Shuningdek, xorijiy fuqarolarga ham rus madaniyatini rivojlantirish va xalqlararo madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi uchun topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Putin Nig‘matilla Yo‘ldoshevni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagani haqida yozgan edi.