Yangiliklar

Qozog‘istonda biznesni rivojlantirish uchun sun’iy intellekt tizimi joriy etiladi

Yangi tizim tadbirkorlarga savdo faoliyatini rejalashtirishda yordam beradi
Tergov faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
Rasm SI yordamida yaratilgan

Qozog‘iston Moliya vazirligi elektron hisob-fakturalar asosida savdo ma’lumotlarini tahlil qiluvchi sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqmoqda. U tadbirkorlarga qaysi hududda kafe yoki do‘kon ochish foydaliroq ekanini aniqlashga yordam beradi.

Vazir o‘rinbosari Aset Turisovning so‘zlariga ko‘ra, davlat tomonidan yaratilgan raqamli moliya xaritasi va elektron hisob-fakturalar tizimida big data hamda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Bu tizim tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini sotish uchun eng qulay joylarni topishda yordam berishi kutilmoqda.

«Biz xaritada sun’iy intellekt tahlilchisini yaratdik. U xaridlar asosida qaysi tumanlarda qanday tovarlarga talab borligini aniqlaydi. Bu ma’lumotni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali ulashmoqchimiz, shunda tadbirkor o‘z faoliyatini yaxshiroq rejalashtirishi mumkin», – dedi Turisov.

Tizim tadbirkorning o‘zi haqidagi ma’lumotlar bilan birga, u faoliyat yuritayotgan hududning savdo ko‘rsatkichlarini ham o‘rganadi. Natijada raqobat darajasi pastroq joylarni aniqlash yoki davlat qo‘llovidan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonning uchta futbol klubi noyabr oyi oxirigacha xususiylashtirilishi haqida xabar bergan edi.