Yangiliklar

Stellantis 375 mingta Jeep avtomobilini qaytarib olmoqda

9 ta yong‘in holati kuzatilganidan so‘ng
Stellantis 375 mingta Jeep avtomobilini qaytarib olmoqda / Foto: Reuters

Stellantis kompaniyasi dunyo bo‘yicha 375 mingta Jeep Wrangler 4xe va Grand Cherokee 4xe gibrid avtomobillarini batareya nosozligi sababli qaytarib olishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Bu qaror 19 ta yong‘in va 1 ta jarohatlanish holati qayd etilgach qabul qilindi.

Kompaniya avtomobil egalari muammo bartaraf etilmaguncha mashinalarni binolardan uzoqda saqlashni va quvvatlamaslikni tavsiya qilmoqda.

Nosoz batareyalar Samsung SDI tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning ayrimlarida separator shikastlanishi yong‘inga sabab bo‘lishi aniqlangan. AQShda 320 mingdan ortiq avtomobil qaytarib olinadi.

Stellantis avval ham 2023 va 2024-yillarda shunga o‘xshash nosozliklar tufayli Jeep modellari bo‘yicha qayta chaqirish e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeep ishlab chiqaruvchisi yarim yilda 2,3 milliard yevro zarar koʻrgani haqida yozgan edik.