
Research Group Central Asia (RGCA) tadqiqot agentligi O‘zbekistonda banklar va to‘lov xizmatlari brendlarining sog‘lomlik darajasini baholovchi Brand Health Tracking hisobotining dastlabki bosqich natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, TBC Bank mamlakatdagi 15 ta yirik bank orasida brendni bilish darajasi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Bank o‘z natijalarini barcha yo‘nalishlarda – hech qanday eslatmalarsiz hamda eslatmalar bilan tanib olish bo‘yicha oʻz mavqeyini yaxshiladi. Ayniqsa, poytaxtda sezilarli o‘sish kuzatildi – Toshkent shahrida TBC Bank barcha banklar orasida taniqlilik bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
Tadqiqot foydalanuvchilar turli vaziyatlarda brendlarni qanchalik oson eslashini hamda moliya bozorida raqobat kuchayayotgan bir sharoitda ularning tanlovlari dinamikasini aks ettiradi. Metodika to‘rtta asosiy ko‘rsatkichni muntazam ravishda o‘lchashni o‘z ichiga oladi:
- Brendni bilish darajasi (Brand Awareness);
- Foydalanish (Usage);
- Kelajakda tanlash ehtimoli (Consideration);
- Mijozlarning qoniqish(CSI) hamda sodiqlik indeksi (NPS).
2025-yilda o‘tkazilgan tadqiqotning birinchi bosqichi O‘zbekistonning barcha hududlaridan 18 – 65 yosh oralig‘idagi, bank kartasiga ega va to‘lov yoki bank ilovalaridan foydalanuvchi jami 2 000 nafar respondentni qamrab oldi. Tanlovda shahar va qishloq aholisi nisbati hamda daromad darajasidagi farqlar inobatga olindi.
Natijalarga koʻra, TBC Bank oʻz mijozlar bazasini ham sezilarli oshirgan: yangi tadqiqotda qatnashgan respondentlarning ko‘pchiligi bank xizmatlaridan soʻnggi uch oyda foydalanganliklarini va hozirda ham foydalanishda davom etayotganliklarini bildirishgan. RGCA ta’kidlashicha, asosiy o‘sish ko‘rsatkichlari asosan o‘rta va yuqori daromadli shahar aholisi orasida kuzatilmoqda.
Tadqiqotda qayd etilishicha, TBC Bank mijozlar tomonidan «ishonchli» va «qulay» bank sifatida qabul qilinmoqda. Ishtirokchilar mobil ilova va xizmat ko‘rsatish sifati ancha yaxshilanganini ta’kidlashgan. Bankning taniqliligi ham ortib bormoqda – respondentlarning 11 foizi bank nomini hech qanday eslatmasiz tilga olgan bo‘lsa, 29 foizi esa nomi aytilganda darhol tanigan. Bu esa brendga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.
«TBC Bank – bu nafaqat bank, balki raqamli xizmatlarni odamlarga yanada yaqinroq va tushunarliroq qilayotgan insonlar haqidagi hikoya. Biz mijozlarimiz bilan birga o‘smoqdamiz va ko‘ryapmizki, ishonch ortidan taniqlilik, qulaylik ortidan esa brendga samimiy bog‘liqlik paydo bo‘ladi», — deydi TBC Uzbekistan marketing bo‘yicha direktori Nodira Sultanhodjayeva.
Fintex segmentida payme va Click Oʻzbekistondagi eng taniqli toʻlov servislaridan boʻlib qolmoqda. Tadqiqot ma’lumotlariga koʻra, payme Toshkentda spontan taniqlilik boʻyicha yetakchilikni saqlab turibdi – respondentlarning 19 foizi «qaysi toʻlov ilovalarini bilasiz?» degan savolga birinchi boʻlib aynan payme’ni tilga olgan. Brendning umumiy taniqliligi 70 foizdan oshiq bo‘lib, xizmatdan foydalanish darajasi ayniqsa shahar aholisi va oʻrta daromadli foydalanuvchilar orasida yuqori darajada. Tadqiqot shuni ham koʻrsatdiki, ayollar payme’ni erkaklarga qaraganda ko‘proq eslashadi, poytaxtdagi har beshinchi foydalanuvchi esa ilovadan kelgusida ham foydalanishini bildirgan.
«Biz Oʻzbekistonda nafaqat Toshkentda, balki viloyatlarda ham onlayn-banklar va fintex xizmatlariga boʻlgan ishonch ortib borayotganini kuzatmoqdamiz. Bugungi kunda foydalanuvchilar uchun omonat stavkasi yoki komissiya miqdori emas, balki ilova orqali moliyaviy masalalarni qanchalik tez va qulay hal qilish mumkinligi muhim. Bu ayniqsa 25–40 yosh oralig‘idagi foydalanuvchilar orasida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Aynan ular raqamli xizmatlarga bo‘lgan asosiy talabni shakllantirmoqda va ko‘pincha bir nechta ilovalardan bir vaqtning o‘zida foydalanadi. Raqamli mahsulotlar endi tor doiradagi yechim emas, balki kundalik moliyaviy hayotning ajralmas qismiga aylanmoqda. Bu esa banklar va fintex kompaniyalari uchun muhim signal: raqobat tobora narx siyosatidan foydalanuvchi tajribasi va texnologiyalar sohasiga o‘tayapti», – deydi RGCA bosh direktori Vyacheslav Karpov.
Brand Health Tracking tadqiqoti Research Group Central Asia tomonidan muntazam ravishda o‘tkazilib, bozordagi brendlar haqidagi tasavvur dinamikasini kuzatish imkonini beradi. 2025-yilgi tadqiqotning birinchi bosqichi natijalari shuni ko‘rsatadiki, TBC Uzbekistan ekotizimi bank va fintex mahsulotlari o‘rtasidagi sinergiya orqali o‘z pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. TBC Bank yirik banklar orasida mavqeyini oshirayotgan bo‘lsa, payme raqamli to‘lovlar bozorida yetakchiligini saqlab qolmoqda.