Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

eʼlon qilindi
Ushbu fuqarolardan biri ilgari firibgarlik uchun sudlangan
Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Toshkent viloyati Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar fuqaro fermer xo‘jaligi yerini sotishga uringan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu fuqarolardan biri ilgari firibgarlik uchun sudlangan. Ular fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan yer maydonining go‘yoki toifasini o‘zgartirib, olti sotix yer maydonini $54 mingga sotishga kelishib, shundan $25 mingini olayotgan vaqtda ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura departamenti

Mazkur holat bo‘yicha firibgarlik va pora berish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda hokimlik yerini 1,5 milliard so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi. Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida yashovchi shaxs chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tuman hokimligi zaxirasidagi 3,5 gektar yer maydonini tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. Buning evaziga 1,5 mlrd so‘m talab qilgan. 

Shuningdek