Apple Watch foydalanuvchilari uchun WhatsApp ilovasi taqdim etildi

eʼlon qilindi
Apple Watch Series 4 yoki undan yuqori modellar uchun
Apple Watch foydalanuvchilari uchun WhatsApp ilovasi taqdim etildi / Foto: WhatsApp

WhatsApp Apple Watch uchun yangi ilovani taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Endilikda foydalanuvchilar iPhone’ga qaramasdan xabarlarni o‘qish va yuborish imkoniga ega bo‘ladi, bu esa qurilmadan foydalanishni yanada qulay qiladi.

Ilova qo‘ng‘iroq bildirishnomalari, to‘liq matnli xabarlar, ovozli xabarlar, emojilar bilan tezkor javob, yuqori sifatli media va chat tarixini ko‘rish kabi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, kelajakda qo‘shimcha funksiyalarni joriy etish rejalashtirilgan.

Yangi ilovadan foydalanish uchun Apple Watch Series 4 yoki undan yuqori modeli va watchOS 10 yoki undan keyingi versiyasi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp’da yangi xavfsizlik funksiyasi paydo bo‘lgan edi.

Shuningdek