
Chery kompaniyasining tomonidan ishlab chiqilgan Chery iCaur V27 21-noyabr kuni Guanchjou avtosalonida ilk bor omma oldiga chiqadi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Xitoy ichki bozorida iCar V27 nomi bilan tanilgan model xalqaro bozorda iCaur V27 brendi ostida sotuvga chiqariladi.

Model qanday dizaynga ega
Yangi model retro uslubidagi to‘rtburchak kuzovga zamonaviy dizayn detallarini uyg‘unlashtirgan. Vertikal turish, kattalashtirilgan bamperlar mavjud. Keng g‘ildirak yoylari va orqa eshikka o‘rnatilgan zahira g‘ildirak unga off-road xarakter beradi. O‘lchamlari 4 909×1 976×1 894 mm, g‘ildirak bazasi 2 910 mmga teng.

U o‘rta-yirik SUV segmentiga mansub. Salon rasman ko‘rsatilmagan. Ammo yuqori komplektatsiyada lidar asosidagi haydovchiga yordam tizimi va Horizon Robotics chipsetlari bo‘lishi kutilmoqda.
Texnik xususiyatlar
iCaur V27 to‘liq elektr emas, balki range-extender (EREV) tizimiga ega. Unda 1.5 litrli turbo dvigatel faqat generator sifatida ishlaydi. G‘ildiraklarni esa elektrodvigatellar harakatga keltiradi. Model orqa g‘ildirakdan tortish va to‘liq g‘ildirakdan tortish konfiguratsiyalarida taklif etiladi. 4WD versiyasi umumiy 335 kVt quvvat ishlab chiqaradi. Sof elektr yurish masofasi 200 km (CLTC), umumiy masofa esa 1 000 kmdan oshadi.

Orqa qismning ikki xil dizayni taqdim etilgan. An’anaviy zaxira g‘ildirakli variantga ega. Shuningdek, segmentlangan tom, bagaj relslari, maxfiy oynalar va 21 dyuymgacha g‘ildiraklar kabi ko‘plab konfiguratsiya imkoniyatlari mavjud.
Chery iCaur V27’ni unibody platformaga qurilgan. Yirik all-terrain SUV sifatida ta’riflaydi. Rasman off-road ko‘rsatkichlari e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, uning o‘lchamlari va geometriyasi o‘rtacha darajadagi yo‘ldan tashqari imkoniyatlarni ko‘rsatadi.
Avtomobil qanday narxda sotiladi
Model Xitoyda 200 000–250 000 yuan (taxminan $27 800 – 34 700) narx oralig‘ida sotilishi kutilmoqda. Bozorda u BYD Fangchengbao 5 va Great Wall Tank 700 Hi4-T kabi elektrlashtirilgan off-road SUVlar bilan raqobatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery Exeed Exlantix ET5 13-noyabrda oldindan buyurtmaga chiqishi haqida yozgan edi.