Avto

Chevrolet Damas avtomobilining qo‘shni davlatlardagi narxi qanday

Qozog‘istonda $10,4 ming narxda sotilmoqda
Chevrolet Damas
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Chevrolet Damas O‘zbekiston yo‘llarida eng ko‘p uchraydigan modellardan biri. Yanvar-sentabr oylarida 78,7 ming dona Damas xarid qilingan. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida Chevrolet Damas avtomobilining qo‘shni davlatlardagi narxi haqida ma’lumot beriladi.

Maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Model haqida qisqacha

Damas — kichik biznes egalari, kuryer xizmatlari va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun eng maqbul tanlov. 0,8 litrli, 38 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan ushbu besh eshikli tijorat avtomobili yuqori ishonchlilik va uzoq muddatli ekspluatasiya imkoniyatini ta’minlaydi. Orqa g‘ildirakdan tortish tizimi, ixcham o‘lchamlar va yuqori manyovrlik uni tirband shahar sharoitida yanada qulay qiladi.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Texnik ko‘rsatkichlar:

  • Dvigatel: 0.8 L;
  • Uzatmalar qutisi: 5 MT;
  • Yukxona hajmi: 450 kg (versiyaga qarab o‘zgaradi);
  • Maksimal quvvat: 38 ot kuchi;
  • Yoqilg‘i sarfi: o‘rtacha 7,0 L/100 km (haydash sharoitiga qarab 6.5–9.3 L)

Model konfiguratsiyalari

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan
  1. Yo‘lovchi versiyasi 2+3+2 o‘rindiq joylashuvi bilan kichik guruhlar, xodimlar yoki jamoalarni tashish uchun mo‘ljallangan.
  2. Kombi (yo‘lovchi + yuk) Ikki qatorli o‘rindiqlar (2+3) va kattalashtirilgan yukxona bilan xodimlar va yuklarni bir vaqtning o‘zida tashiydigan bizneslar uchun qulay variant.
  3. Yuk tashuvchi versiya Keng furgon kuzovi va 560 kg yuk ko‘tarish qobiliyati bilan kundalik yetkazib berish, logistika va kuryerlik faoliyati uchun ideal.
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston

Chevrolet Damas avtomobilini O‘zbekistonda 93 mln so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin. Ayrim paytlarda ishlab chiqaruvchi tomonidan chegirmalar ham bo‘lishi mumkin.

Narxlar:

Model nomiNarxi (so‘m)Narxi (USD)
D11 STYLE (Van)93 156 000 so‘m$7,8 ming
D2 STYLE PLUS (Delux)96 932 000 so‘m$8,1 ming
D3 STYLE (Combi)96 449 000 so‘m$8 ming
D13 (Ambulance)92 909 000 so‘m$7,7 ming

Qozog‘iston

Qo‘shni Qozog‘istonda ham bu modelni yangi holatda dilerdan xarid qilish mumkin. Damas ikki xil versiyada sotiladi.

Foto: Chevrolet

Chevrolet Damas VAN Deluxe

Chevrolet Damas VAN Deluxe modeli 3 silindrli, qator joylashgan benzin dvigateli bilan jihozlangan. Uning ish hajmi 796 sm³ bo‘lib, orqa g‘ildirakdan tortish tizimi bilan birga ishlaydi. Dvigatel 5 000 aylanish/daqiqada 38 ot kuchi, 3 000 aylanish/daqiqada 63 N·m maksimal moment ishlab chiqaradi. Transmissiya sifatida 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi qo‘llanilgan.

Model old qismda disko tormozlar, orqa qismda esa baraban tormozlar bilan jihozlangan. Bu yuk tashish va shahar harakatida optimal tormoz samaradorligini beradi.

Dinamika ko‘rsatkichlari

  • Maksimal tezlik: 105 km/soat
  • 0–100 km/soat tezlanish: 41 soniya

Narxlar:

Model nomiNarxi (tenge)Narxi (ming $)
Chevrolet Damas Van5,490 mln ₸10,4 ming $
Chevrolet Damas Deluxe5,490 mln ₸10,4 ming $

Qirg‘iziston

Qirg‘iziston bozorida Chevrolet Damas modeli ikkita asosiy konfiguratsiyada taqdim etilmoqda. Damas Deluxe versiyasining narxi 790 800 qirg‘iz so‘mini tashkil etib, bu taxminan 9 ming dollarga teng. Modelning Damas Van talqini esa 768 800 qirg‘iz so‘mi qiymatida taklif qilinmoqda, ya’ni taxminan 8,5 ming dollar.

Foto: Chevrolet

Narx:

Model nomiNarxi (qirg‘iz so‘mi)Narxi (ming $)
Damas Deluxe790 800 KGS9 ming $
Damas Van768 800 KGS8,5 ming $

Rossiyada Damas qanday narxda sotiladi

Rossiya Federatsiyasida Chevrolet’ning kichik tijorat modellari barqaror narxda taklif etilmoqda. Labo, Damas Deluxe va Damas Van versiyalarining har biri 850 ming rubldan sotuvga qo‘yilgan. Bu qiymat hozirgi kurs bo‘yicha taxminan 10,4 ming dollarga teng.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Narx:

Model nomiNarxi (rubl)Narxi (ming $)
Labo850 000 ₽10,4 ming $
Damas Deluxe850 000 ₽10,4 ming $
Damas Van850 000 ₽10,4 ming $

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Damas’ning O‘zbekistondagi tasvirlari paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.